Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 57–60-betlar
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTALARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Akmalova, Ziyoda
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i16-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda Germaniya, Janubiy Koreya va AQSh tajribalari asosida kichik biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlari - imtiyozli kreditlar, grant dasturlari, davlat kafolatlari va startap fondlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamli moliyalashtirish texnologiyalarini joriy etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashning dolzarb yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijiy tajribalarni milliy iqtisodiyotga moslashtirish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan.
kichik biznes, moliyalashtirish tizimi, xorijiy tajriba, innovatsion yondashuv, iqtisodiy barqarorlik, tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.