Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 74–76-betlar

NUTQ BUZILISHLARI VA ULARNI KORREKSIYA QILISH

Maxmudova, Dildora, Utbosarova, Umida

DOI: 10.5281/zenodo.17360530 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Nutq inson faoliyatining eng murakkab va nozik shakllaridan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri va ravon shaklda amalga oshirilishi insonning ijtimoiy muloqotdagi muvaffaqiyati, shuningdek, shaxsning o‘z-o‘zini ifoda qilish imkoniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Nutqning shakllanish jarayoni nafaqat nevrologik mexanizmlarga, balki psixologik, lingvistik hamda kognitiv omillarga ham bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlarning har qanday buzilishi nutq faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shunday qilib, nutq buxilishlari deb ataladigan holatlar - bu inson nutqining shakl va mazmun jihatdan me’yoriy darajadan chetga chiqishi, ya’ni nutq jarayonining turli sabablar tufayli buzilishi natijasida yuzaga keladigan patologik holatlar majmuasi hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.