Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 16-son (2025) · 143–146-betlar
OʻZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALARNING HUQUQIY BAZASI VA IQTISODIY ISLOHOTLAR KONTEKSTIDA EKOLOGIK STANDARTLARNING QOʻLLANILISHI
Omonova, Navruzoy
DOI: 10.5281/zenodo.17421357 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida yashil investitsiyalarni joriy etishning huquqiy asoslari va ularning iqtisodiy islohotlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Asarda “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida ishlab chiqilgan milliy strategiyalar, davlat dasturlari hamda ekologik investitsiyalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, ekologik standartlarning iqtisodiy faoliyatga integratsiyasi, xalqaro konvensiyalar bilan uyg‘unligi va ularning investitsion muhitga ta’siri amaliy misollar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yashil investitsiyalar, Barqaror rivojlanish, Ekologik standartlar, Ekologik siyosat, Iqtisodiy islohotlar, Huquqiy baza, Atrof-muhitni muhofaza qilish, Yashil iqtisodiyot, Investitsiya siyosati, Davlat tartibga solishi, Ekologik me’yorlar, Xalqaro ekologik standartlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.