Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 4–6-betlar
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA TEXNIK TAHLIL AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Xo’janiyazov, Davron
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i17-p1-001 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi global moliyaviy tizimda investitsiya qarorlarini asosli va tahliliy yondashuv asosida qabul qilish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozori kabi o‘zgaruvchan va dinamik sohalarda texnik tahlil vositalari orqali bozor holatini oldindan baholash, risklarni kamaytirish va foydali savdo strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati mavjud. Texnik tahlil — bu moliyaviy aktivlarning tarixiy narx harakatlari va savdo hajmlariga asoslanib, kelajakdagi yo‘nalishlarni bashorat qilishga qaratilgan tizimli yondashuvdir. U bozor ishtirokchilarining psixologiyasini, bozor trendlarini va narx naqshlarini aniqlash orqali tahlil olib boradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.