Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 25–28-betlar

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI (JAHON BANKI, XALQARO VALYUTA JAMG‘ARMASI)

Nurullayev, Eldorbek

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i17-p1-009 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi globallashuv davrida xalqaro moliyaviy institutlarning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish jarayonlaridagi o‘rni beqiyosdir. Ular nafaqat mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, balki aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va inson kapitalini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bugungi kunda dunyo miqyosida ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritayotgan eng yirik institutlar hisoblanadi. Ularning yordami va texnik ko‘magi rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlik yo‘lida asosiy turtki vazifasini bajaradi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.