Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 32–34-betlar
JAHON SAVDO TASHKILOTIGA INTEGRATSIYALASHUV SHAROITIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO BALANSINI TA’MINLASH
Yembergenova, Go’zzal
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i17-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari davlatlar tashqi savdo siyosatining ochiqligini va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ayniqsa, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik va a’zolik masalasi O‘zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyat kasb etadi. JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun nafaqat xalqaro maydonda teng huquqli savdo sherigiga aylanish, balki ichki iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashqi savdo balansining barqarorligini ta’minlash imkoniyatidir. O‘zbekiston mustaqillik yillarida tashqi savdo sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Biroq eksport tarkibi asosan xomashyo mahsulotlariga tayanadi. Bu holat global narxlar tebranishiga yuqori darajadagi qaramlikni yuzaga keltiradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.