Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 35–37-betlar

BUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TIZIMINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ramazonov, Akmal, Rahmonov, Mironshoh

DOI: 10.5281/zenodo.17431159 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Budjet tashkilotlarida ichki audit tizimini samarali tashkil etish va o‘tkazish davlat moliyasini boshqarishda shaffoflik, hisobdorlik va moliyaviy intizomni mustahkamlashning eng muhim vositalaridan biridir. Ichki auditning asosiy vazifasi moliyaviy va resurslardan foydalanish jarayonlarini nazorat qilish, ularning qonunchilik va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini tekshirish, faoliyatning samaradorligini baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Davlat budjeti mablag‘larining asosiy foydalanuvchilari hisoblangan budjet tashkilotlari faoliyati bevosita ijtimoiy sohalarga xizmat qilganligi sababli, bu mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ichki audit tizimi davlat boshqaruvida strategik ahamiyat kasb etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.