Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 41–42-betlar

VAZIRLIK VA IDORALAR ICHKI AUDIT TUZILMALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI (RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA)

Ramazonov, Akmal, Risqaliyeva, Ziyoda

DOI: 10.5281/zenodo.17431189 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Vazirlik va idoralar ichki audit tuzilmalarining xorij tajribalari rivojlangan davlatlar misolida tahlil qilinadigan boʻlsa, bu tizimlarning asosiy xususiyati mustaqillik, xalqaro standartlarga rioya qilish, raqamli texnologiyalarni qoʻllash, shaffoflik va samaradorlikka eʻtibor qaratishdir. AQShdagi Government Accountability Office (GAO) davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini nazorat qilish, risklarni boshqarish va Kongressga hisobot berish bilan ajralib turadi. GAO mustaqil federal organ sifatida parlamentga bevosita hisobot beradi va faoliyati davomida keng qamrovli tahliliy hisobotlar tayyorlaydi. Buyuk Britaniyada National Audit Office (NAO) davlat xizmatlarining sifatini va “value for money” tamoyilini baholash bilan shugʻullanadi, barcha audit hisobotlari jamoatchilikka ochiq eʻlon qilinadi va hukumat siyosatini tahlil qilishda mustaqillik tamoyiliga qatʻiy amal qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.