Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 52–54-betlar
BUDJET TASHKILOTLARIDA XIZMAT SAFARLARI XARAJATLARINING HISOBI VA ICHKI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Ochilov, Javohir
DOI: 10.5281/zenodo.17432007 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi kunda davlat sektorida samaradorlik, shaffoflik va mas’uliyatlilik darajasini oshirish eng muhim masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati, xususan xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarning hisobini yuritish va ularni ichki audit orqali nazorat qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki xizmat safarlari budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va ko‘plab tashkilotlar faoliyatida takrorlanib turadigan moliyaviy jarayon hisoblanadi. Shu boisdan ham bu sohadagi xarajatlarning asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi va qonuniyligini ta’minlash uchun ularni tizimli ravishda hisobga olish va audit qilish zarurati kundan kunga ortib bormoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.