Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 17-son (2025) · 58–60-betlar

O’ZBEKISTONDA SOLIQ MADANIYATI: UNING HOLATI HAMDA DARAJASINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Begmuratov, Dilshod

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i17-p1-020 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Soliq madaniyati har bir davlatning iqtisodiy barqarorligi, byudjet barqarorligi hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlari jadallashayotgan bir sharoitda, soliqqa oid yondashuvlar, fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyati, huquqiy ong darajasi va davlatga bo‘lgan ishonchi bevosita soliq madaniyati bilan bog‘liqdir. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda soliq tizimini raqamlashtirish, ochiqlikni ta’minlash, soliqqa tortish tartiblarini soddalashtirish kabi islohotlar amalga oshirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlarining soliqqa nisbatan munosabati bosqichma-bosqich o‘zgarib bormoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.