Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 46–48-betlar

BANKLARNI TRANSFORMATSIYALASH JARAYONIDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNI O'RNI

Sabirova, Lobar

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i02-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Banklarni transformatsiyalash jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat. Strategik rejalashtirish va o'zgarishlarga tayyorgarlik. Strategiyani aniqlash: Banklar, o'z faoliyatini modernizatsiya qilish uchun strategik reja ishlab chiqadilar. Bu rejalar odatda raqamli transformatsiya, mijozlarga xizmat ko'rsatishning yangi usullari, operatsion samaradorlikni oshirish kabi maqsadlarni o'z ichiga oladi. Ichki jarayonlar va tuzilmani tahlil qilish: Banklar ichki jarayonlarni tahlil qilib, qaysi sohalarda yangilanish kerakligini aniqlashadi. Bu jarayonda mavjud texnologiyalar, tizimlar va infrastruktura o'rganiladi. Texnologik o'zgarishlar va raqamli transformatsiya. Raqamli tizimlarni joriy etish: Banklar an'anaviy operatsiyalarni raqamli platformalarga o'tkazishadi. Bunga mobil banking, internet-banking, va bulutli texnologiyalarni joriy etish kiradi. Sun'iy intellekt va mashinani o'rganish: Banklar mijozlarga xizmat ko'rsatish, kreditlar bo'yicha qarorlar qabul qilish va fraudlarni aniqlashda sun'iy intellekt va mashina o'rganish tizimlarini joriy qilmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.