Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 2-son (2025) · 80–86-betlar
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI
Normurodova, Sadoqat, Raxmatova, Maxfuza, Asadova, Shaxina
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i02-p1-024 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
"Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda axborot savodxonligining o‘rni" mavzusidagi maqola axborot texnologiyalari sohasida talabalar va keng jamoatchilikning axborot savodxonligini oshirishning ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada axborot savodxonligi tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi roli va informatikani o‘rgatishda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. O‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, internet resurslarini to‘g‘ri tahlil qilish va xavfsiz ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, axborotlarni saqlash va uzatishda etika va huquqiy masalalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola, informatika fanining samarali o‘qitilishi uchun axborot savodxonligini targ‘ib qilishning zarurligini ko‘rsatadi va shu orqali ta’limda yangi avlodning raqamli texnologiyalarni ongli va to‘g‘ri ishlatish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqola, axborot texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasining nafaqat texnik bilimlar, balki axborot xavfsizligi va axborotlarni to‘g‘ri ishlatishning ahamiyatini anglatishini ko‘rsatadi. Bu savodxonlikni oshirish orqali nafaqat talabalarning raqamli dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam berish, balki jamiyatning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini umumiy ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Informatika, axborot texnologiyalari, axborot savodxonligi, ta’lim jarayoni, raqamli ko‘nikmalar, axborot xavfsizligi, kompyuter texnologiyalari, internet xavfsizligi, pedagogik yondoshuvlar, raqamli etika, ta’lim metodikasi, interaktiv ta’lim, axborot resurslari, axborot tahlili, dasturiy ta'minot, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ta’limda innovatsiyalar, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, etik me’yorlar, o‘qitish samaradorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.