Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 50–53-betlar
JAMOATCHILIK FIKRIGA ASOSLANGAN MOLIYALASHTIRISH TAJRIBASI: RIVOJLANGAN DAVLATLAR MISOLIDA TAHLIL
Xusinov, Babajon
DOI: 10.5281/zenodo.15055130 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda jamoatchilik fikriga asoslangan moliyalashtirish (jamoatchilik moliyalashtirishi) tajribasi rivojlangan davlatlar misolida tahlil qilinadi. Jamoatchilik moliyalashtirishi startaplar, kichik biznes va ijtimoiy loyihalar uchun muhim moliyaviy mexanizm bo‘lib, turli shakllari va amaliyotlari mavjud. Tezisda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yevropa Ittifoqidagi jamoatchilik moliyalashtirishi amaliyoti o‘rganilib, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga, ushbu moliyaviy modelning afzalliklari, duch kelinayotgan muammolar va kelajakda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari jamoatchilik moliyalashtirishining iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini aniqlashga yordam beradi.
Jamoatchilik fikriga asoslangan moliyalashtirish, jamoatchilik moliyalashtirishi, startaplar, kichik biznes, investitsiya, innovatsiya, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy texnologiyalar, huquqiy tartibga solish, rivojlangan davlatlar tajribasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.