Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 54–58-betlar
TA’LIMDA SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Qodirov, Farrux, Musayeva, Mushtariy
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i03-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy ta’lim jarayonida smart texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va interaktivlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Smart ta’lim tizimlari elektron ta’lim platformalari, aqlli doskalar, virtual va kengaytirilgan reallik, sun’iy intellekt asosida ishlovchi ta’lim dasturlari kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, masofaviy ta’limni rivojlantirish va individual yondashuvni qo‘llash imkonini beradi. Smart texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish bilan birga, o‘qituvchilarga ham metodik jihatdan qulay vositalarni taqdim etadi.
Smart ta’lim, elektron ta’lim, aqlli doskalar, masofaviy ta’lim, sun’iy intellekt, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, raqamli texnologiyalar, innovatsion ta’lim, interaktiv ta’lim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.