Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 77–80-betlar

XALQARO AUDIT STANDARTLARI (XAS) ASOSIDA BANK FAOLIYATINI AUDIT QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Ortiqov, Dilmurod

DOI: 10.5281/zenodo.15076391 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda xalqaro audit standartlari (XAS) asosida bank faoliyatini audit qilishning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Hozirgi globallashuv sharoitida banklarning moliyaviy hisobotlari bo‘yicha auditorlik xulosasining ishonchliligi va xalqaro talablarga muvofiqligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tezisda XASning asosiy tamoyillari — auditorning mustaqilligi va xolisligi, kasbiy shubha bilan yondashish, oqilona ishonch darajasini shakllantirish, auditni to‘g‘ri rejalashtirish va risklarni baholash, hujjatli dalillarga asoslangan audit xulosasini tayyorlash kabi muhim jihatlar atroflicha tahlil qilinadi. Bank faoliyatini XAS asosida audit qilishda uchraydigan dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, hamda xalqaro standartlarning milliy amaliyotga moslashuvi bilan bog‘liq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, tezisda bank auditi jarayonining bosqichlari bosqichma-bosqich yoritilib, har bir bosqichda XAS talablari qanday qo‘llanishi lozimligi izohlanadi. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va samaradorligini oshirishda xalqaro standartlarga asoslangan audit jarayonining o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.

Xalqaro audit standartlari, bank auditi, moliyaviy hisobot, auditorlik tamoyillari, kasbiy shubha, oqilona ishonch, auditorlik dalillari, risklarni baholash, XAS, moliyaviy nazorat, audit jarayoni, bank tizimi, shaffoflik, auditorning mustaqilligi, ichki nazorat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.