Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 134–138-betlar

DASTURIY TAʼMINOT ASOSIDA ISHLOVCHI TARMOQ (SDN) TEXNOLOGIYASI

Qodirov, Farrux, Husanova, Husniya

DOI: 10.5281/zenodo.15117514 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

SDN (Software-Defined Networking) – bu tarmoq infratuzilmasini dasturiy ta’minot orqali boshqarish texnologiyasidir. SDN an’anaviy tarmoqlardan farqli ravishda boshqaruv va ma’lumot uzatish qatlamlarini ajratib, tarmoqni markazlashtirilgan holda boshqarish imkonini beradi. Ushbu texnologiya tarmoq resurslarini dinamik taqsimlash, avtomatlashtirish va optimallashtirishni ta’minlab, ma’lumot markazlari, bulutli hisoblash tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va korxona infratuzilmasida keng qo‘llaniladi. SDN kontrolleri OpenFlow kabi protokollar yordamida tarmoq qurilmalariga buyruqlar yuborib, ularning ishlashini boshqaradi. SDN texnologiyasi moslashuvchanlik, samaradorlik va xavfsizlikni oshirish imkonini bersa-da, uning joriy etilishi va kiberxavfsizlik tahdidlari muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

SDN (Software-Defined Networking), Dasturiy boshqariladigan tarmoq, SDN kontroller, Tarmoq avtomatlashtirish, Virtualizatsiya, Markazlashtirilgan boshqaruv, OpenFlow, Bulutli hisoblash, Ma’lumot markazlari, Telekommunikatsiya, IoT (Internet of Things), Tarmoq xavfsizligi, Trafik boshqaruvi, Moslashuvchan tarmoq, Yuklamani balanslash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.