Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 139–144-betlar
OPERATSION TIZIMLARNING TURLARI VA FUNKTSIYALARI
Qodirov, Farrux, Ganchiyev, Jo‘rabek
DOI: 10.5281/zenodo.15117517 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada operatsion tizimlarning turlari va ularning asosiy funksiyalari tahlil qilingan. Operatsion tizimlar kompyuter tizimlarining ajralmas qismi bo‘lib, foydalanuvchilarga qulay interfeys yaratish, apparat va dasturiy ta’minot o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash hamda resurslarni boshqarish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Maqolada operatsion tizimlarning bir vazifali va ko‘p vazifali, bir foydalanuvchili va ko‘p foydalanuvchili, tarmoq, real vaqt rejimidagi va taqsimlangan turlari o‘rganilgan. Shuningdek, operatsion tizimlarning jarayonlarni boshqarish, xotirani taqsimlash, fayl tizimini tashkil etish, kiritish-chiqarish qurilmalarini muvofiqlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash kabi asosiy funksiyalariga alohida e’tibor qaratilgan.
operatsion tizimlar, kompyuter resurslari, jarayonlarni boshqarish, tarmoq tizimlari, xavfsizlik, bulutli texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.