Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 150–155-betlar

BULUTLI HISOBLASH VA UNING TARMOQLARGA TA’SIRI

Qodirov, Farrux, Jabborova, Oʻgʻiloy

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i03-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada bulutli hisoblash (Cloud Computing) tushunchasi va uning tarmoq infratuzilmasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bulutli hisoblash – bu internet orqali hisoblash resurslari (serverlar, ma’lumotlar bazalari, dasturlar va tarmoq xizmatlari) ni taqdim etuvchi texnologiya bo‘lib, u IaaS (Infrastructure as a Service), PaaS (Platform as a Service) va SaaS (Software as a Service) kabi xizmat modellarini o‘z ichiga oladi.Bulutli hisoblashning tarmoqlarga ta’siri bir qancha muhim jihatlar bilan namoyon bo‘ladi. Birinchidan, tarmoq yuklanishi sezilarli darajada oshadi, chunki foydalanuvchilar katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashga ehtiyoj sezadilar. Ikkinchidan  internet tarmoqlariga bog‘liqlik kuchayadi, chunki bulut xizmatlarining ishlashi barqaror va tezkor internetga bog‘liq.

Bulutli hisoblash, Cloud Computing, tarmoq infratuzilmasi, IaaS, PaaS, SaaS, tarmoq xavfsizligi, ma’lumotlar markazi, Edge Computing, internet tarmoqlari, tarmoq yuklanishi, bulut texnologiyalari, bulut xizmatlari, ma’lumotlarni qayta ishlash, tarmoq kechikishi, IT infratuzilma, sun’iy intellekt, bulut xavfsizligi, virtualizatsiya, global serverlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.