Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 3-son (2025) · 161–166-betlar
SUNʼIY INTELLEKT VA UNING QOʻLLANILISHI
Qodirov, Farrux, Bozorova, Iroda
DOI: 10.5281/zenodo.15117922 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada sunʼiy intellekt (SI) tushunchasi, uning rivojlanish tarixi va zamonaviy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Sunʼiy intellekt – bu inson aql-idrokini taqlid qiluvchi kompyuter tizimlari va dasturlar majmuasi bo‘lib, u mashinasozlik, tibbiyot, ta’lim, moliya va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda.Maqolada SI texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash va robototexnika haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, sunʼiy intellektning inson hayotiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, kelajakdagi istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sunʼiy intellekt texnologiyalari kelajakda yanada rivojlanib, turli sohalarda innovatsion yechimlarni taqdim etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, uning xavfsizlik, maxfiylik va axloqiy jihatlari ham muhim masala sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
sunʼiy intellekt, mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar, avtomatlashtirish, innovatsiya, texnologik rivojlanish, aqlli tizimlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.