Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 4-son (2025) · 35–38-betlar
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION STRATEGIYALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Zagitov, Feruz
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i04-p1-009 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida innovatsion strategiyalarni rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Mamlakat iqtisodiyoti va bank sektorining barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy bank xizmatlarini takomillashtirish maqsadida fintech ekotizimining kengayishi, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalaridan foydalanish, blokcheyn va ochiq bank (Open Banking) tizimlarini tatbiq etish zarurati dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Tezisda O‘zbekiston bank sektoridagi mavjud holat va innovatsion rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinib, bank xizmatlarining raqamlashtirilishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimining avtomatlashtirilishi hamda kreditlash jarayonlarining optimallashtirilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritiladi. Shu bilan birga, innovatsion rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy muammolar – axborot texnologiyalariga investitsiyalarning yetishmovchiligi, kibertahdidlarning ortishi va bank tizimining fintech ekotizimiga yetarlicha integratsiyalanmaganligi kabi masalalar o‘rganiladi.
Tijorat banklari, innovatsion strategiyalar, raqamli transformatsiya, fintech, sun’iy intellekt, blokcheyn texnologiyasi, ochiq bank (Open Banking), katta ma’lumotlar (Big Data), kiberxavfsizlik, bank xizmatlarini avtomatlashtirish, raqamli bank xizmatlari, fintech hamkorliklari, kreditlash jarayonlari, bank-moliya sektori, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.