Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 17–21-betlar

BANK BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH ORQALI VALYUTA OPERATSIYALARINI KENGAYTIRISH STRATEGIYALARI

Jumayeva, Shaxnoza

DOI: 10.5281/zenodo.15179407 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda bank sektorida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali valyuta operatsiyalarini kengaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish bank xizmatlarining samaradorligini oshirish, mijozlar ehtiyojlariga tezkor javob qaytarish va xalqaro moliyaviy integratsiyani kuchaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Muallif bank biznesining raqamli transformatsiyasi orqali valyuta xizmatlarini avtomatlashtirish, mobil ilovalar va blokcheyn texnologiyalari asosida to‘lov tizimlarini takomillashtirish hamda FinTech hamkorliklar orqali innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish yo‘llarini yoritib beradi. Shuningdek, O‘zbekistondagi mavjud amaliyot va istiqbolli yo‘nalishlar asosida aniq tavsiyalar ilgari surilgan.

Bank biznesi, raqamlashtirish, valyuta operatsiyalari, raqamli transformatsiya, blokcheyn texnologiyasi, mobil banking, xalqaro to‘lovlar, FinTech, SWIFT tizimi, sun’iy intellekt, valyuta ayirboshlash, raqamli platformalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.