Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 30–33-betlar

SUKUKNI O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORIDA JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Sadirdinov, Dilshod

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i05-p1-010 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda islomiy moliyaning muhim vositalaridan biri — Sukuk (ya’ni, islomiy obligatsiyalar)ning O‘zbekiston kapital bozoriga joriy etilishining iqtisodiy samaradorligi har tomonlama yoritilgan. Tezisda Sukuk instrumentining asosiy turlari (Ijara, Mudaraba, Murabaha va boshqalar), ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi hamda investitsiya faoliyatini rivojlantirishdagi roli tushuntirilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar mamlakatda islomiy moliyaviy xizmatlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratilsa, moliya institutlari va regulyatorlar tomonidan tegishli mexanizmlar ishlab chiqilsa, Sukuklar O‘zbekiston iqtisodiyotida uzoq muddatli barqaror o‘sish va moliyaviy tizimning muqobil yo‘nalishda rivojlanishiga katta turtki bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, tezisda Sukuk bozorini shakllantirish uchun xalqaro tajribani o‘rganish va mahalliy sharoitga moslashtirish zarurligi ham alohida ta’kidlangan.

Sukuk, islomiy moliya, kapital bozori, investitsiya, Ijara, Mudaraba, Murabaha, moliyaviy instrumentlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, qimmatli qog‘ozlar, islomiy obligatsiyalar, xalqaro moliya bozori, moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik, huquqiy baza.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.