Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 55–61-betlar

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MEZON VA KO‘RSATKICHLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH HAMDA BAHOLASH

Tuxtayev, Ozodbek

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i05-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot xavfsizligi samaradorligini baholash zarurati, xalqaro standartlar va baholash metodologiyalari, milliy mezonlar tizimi va O‘zbekiston sharoitida ularni amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Axborot va ma’lumotlar raqamli infratuzilmalarning eng muhim resurslaridan biri bo‘lganligi bois, ularning xavfsizligini ta’minlash davlat, biznes va fuqarolar uchun strategik ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan maqolada axborot xavfsizligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish algoritmi, xalqaro tajriba asosida indikatorlar tizimi va milliy kontekstga mos takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligini baholash bo‘yicha yagona indikatorlar tizimini shakllantirish, monitoring va audit tizimlarini kuchaytirish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirilgan.

аxborot xavfsizligi, raqamli iqtisodiyot, baholash mezonlari, indikatorlar tizimi, xalqaro standartlar, milliy metodologiya, axborot xavfsizligi siyosati, monitoring, kiberxavfsizlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.