Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 62–64-betlar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEMIR YOʻL TRANSPORTI INFRATUZULMASINI MODERNIZATSIYALASHNI BOSHQARISH
Imamaliyeva, Feruza
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i05-p1-017 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalashni boshqarish jarayonining nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Temir yo‘l transporti mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, yuk va yo‘lovchi tashish tizimini barqaror rivojlantirishda muhim strategik soha hisoblanadi. So‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, jumladan, yangi logistika markazlarining qurilishi, raqamlashtirish, xalqaro transport yo‘laklariga integratsiya va zamonaviy texnik vositalarni joriy etish orqali infratuzilmaning samaradorligi oshirilmoqda. Tadqiqotda temir yo‘l infratuzilmasi boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar, investitsion salohiyat va innovatsion yondashuvlar asosida amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur yondashuvlar milliy transport tizimini yanada samarali, xavfsiz va ekologik barqaror holatga keltirishga xizmat qiladi.
temir yo‘l transporti, infratuzilma, modernizatsiya, boshqaruv, logistika, raqamlashtirish, transport siyosati, investitsiya, O‘zbekiston temir yo‘llari, barqaror rivojlanish, xalqaro integratsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.