Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 68–70-betlar

DAVLAT TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATINI OSHIRISH YO`LLARI

Badalova, Gul`rano

DOI: 10.5281/zenodo.15239293 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Davlat tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish bugungi kunda samarali davlat boshqaruvi va xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirishda asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar va raqamlashtirish jarayonlari davlat xizmatlarini aholiga sifatli, tezkor va shaffof tarzda taqdim etish ehtiyojini kuchaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat xizmatchilarining malaka va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy boshqaruv tamoyillariga mos holda rivojlantirishni talab qilmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida inson kapitalini rivojlantirish muhim ustuvorlik sifatida qayd etilgan bo‘lib, bu strategiyada davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.