Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 90–92-betlar

O'ZBEKISTONDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Mamajonov, Azizbek

DOI: 10.5281/zenodo.15268168 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bugungi kunda davlat moliyaviy boshqaruvi sohasida ochiqlik, samaradorlik va natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish global tendensiyaga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi ham moliyaviy islohotlar doirasida byudjet tizimini modernizatsiya qilish, xususan, an’anaviy xarajatga asoslangan yondashuvdan dasturiy budjetlashtirish tizimiga o‘tish bosqichida turibdi. Ushbu tizim davlat xarajatlarini samarali rejalashtirish, har bir soha bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar natijadorligini oshirish hamda fuqarolarning byudjet mablag‘lari ustidan nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mavzuning dolzarbligi, birinchidan, O‘zbekistonda qabul qilingan “Byudjet jarayonini modernizatsiya qilish strategiyasi” bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda dasturiy budjetlashtirish asosiy islohot yo‘nalishi sifatida belgilangan. Ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ajratilayotgan budjet mablag‘larining samaradorligini ta’minlash masalasi kun tartibida turibdi. Uchinchidan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar aynan natijadorlikka asoslangan budjetlashtirishga o‘tishni talab qilmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.