Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 102–105-betlar
KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA XALQARO BITIMLAR VA ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Mannonov, Asliddin
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i05-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar hayotning ajralmas qismiga aylandi, ammo bu rivojlanish bilan birga kiberxavfsizlikka oid tahdidlar ham keskin o‘sib bormoqda. Kiberhujumlar endi faqat individual shaxslar yoki tashkilotlarga emas, balki butun davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqarorligiga xavf solmoqda. Ushbu muammoning global xarakteri tufayli kiberxavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro bitimlar ushbu sohada umumiy qoidalar ishlab chiqish, tajriba almashish va kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish uchun muhim zamin yaratadi. Biroq, mavjud kelishuvlarning samaradorligi ko‘pincha savollar tug‘diradi: ular zamonaviy tahdidlarga qanchalik mos keladi va qanday yo‘llar bilan yanada samarali bo‘lishi mumkin?
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.