Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 131–133-betlar

ZAMONAVIY TO‘LOV TIZIMLARINING INTEGRATSIYALASHUVINI TA’MINLASH YO‘LLARI (“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)

Fayzulayeva, Jupar

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i05-p1-038 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimining rivojlanishi, eng avvalo, to‘lov tizimlarining zamonaviy texnologiyalar asosida integratsiyalashuviga bog‘liq. Bugungi kunda mijozlar tomonidan moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabning ortib borishi, tezkor, xavfsiz va qulay to‘lov mexanizmlariga ehtiyojni kuchaytirgan. Shu boisdan banklar o‘z xizmatlarini faqat an’anaviy usullarda emas, balki zamonaviy raqamli platformalar orqali taklif etishga intilmoqda. To‘lov tizimlarining integratsiyalashuvi esa bu jarayonda muhim o‘rin tutadi, chunki u turli platformalar, tizimlar va xizmatlar o‘rtasida uzluksiz, samarali va foydalanuvchiga qulay ekotizim yaratishga xizmat qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.