Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 5-son (2025) · 137–139-betlar

FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTORLAR FAOLLIGINI OSHIRISH

Madiyorov, Mirzo Ulug'bek

DOI: 10.5281/zenodo.15321328 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi global iqtisodiyotda fond bozorlari iqtisodiy o‘sishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu bozorlar korxonalarga kapital jalb qilish, investorlarga esa daromad topish imkoniyatini yaratadi. Ammo fond bozorining samarali faoliyat yuritishi, eng avvalo, ishtirokchilarning, xususan, institutsional investorlarning faolligiga bog‘liq. Institutsional investorlar — bu yirik moliyaviy tashkilotlar bo‘lib, ular orasida pensiya jamg‘armalari, sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa moliyaviy muassasalar mavjud. Ular o‘z investitsiya strategiyalarini chuqur tahlillarga asoslanib ishlab chiqadilar va bozor barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun fond bozorining salohiyatini to‘liq ishga solish uchun institutsional investorlar faolligini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.