Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 6-son (2025) · 4–6-betlar
TIJORAT BANKLARIDA "OPEN BANKING" AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Sulaymonov, Farruh
DOI: 10.5281/zenodo.15321338 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda tijorat banklarida Open Banking (ochiq bank tizimi) amaliyotining joriy etilishi va uni takomillashtirish zarurati chuqur tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning jadallashuvi, moliyaviy texnologiyalar (fintech) rivoji va mijozlarning interaktiv xizmatlarga bo‘lgan talabining oshishi fonida Open Banking global moliya sektorida asosiy transformatsion yo‘nalishlardan biriga aylandi. So‘nggi yillarda Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Singapur va Xitoy kabi davlatlarda Open Banking nafaqat bank xizmatlarini avtomatlashtirish, balki ularni moslashtirish, personalizatsiya qilish va mijoz ishonchini oshirishda samarali mexanizm sifatida e’tirof etilmoqda. Open Bankingning asosiy mohiyati – mijoz roziligi asosida bank ma’lumotlarini ishonchli uchinchi tomon tashkilotlari bilan almashish orqali mijozlar uchun yangi xizmatlar yaratishdir. Ushbu tizimda API (Application Programming Interface) texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi, bu esa ma’lumotlar oqimini xavfsiz, tez va moslashtirilgan tarzda tashkil etishga imkon beradi .
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.