Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 18–23-betlar
AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI
Azimov, Adhamjon, Riskiyyev, Ibratillo
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i07-p1-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Amir Temur O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.
Amir Temur, Buyuk Davlat Arbobi, tarix, harbiy strategiya, madaniyat, murojaat, imperiya, siyasat, qo'shin, O'zbekiston, meros, o'zgarishlar, qahramon, maktablar, me'moriy yodgorliklar, savdo yo'llari, mulk, tarbiya, ijtimoiy tizim, Xalqaro aloqalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.