Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 37–40-betlar
ZAMONAVIY SHAROITDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH
Abdullayeva, Madina
DOI: 10.5281/zenodo.15378466 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida investitsiya loyihalarini samarali boshqarish masalasi global va milliy darajada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda jahon bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik, texnologik innovatsiyalar, raqobatning kuchayishi va resurslar uchun kurash loyihalarning har bir bosqichini puxta va strategik rejalashtirishni talab qilmoqda. Investitsiya loyihalari iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqamli transformatsiya va infratuzilmani rivojlantirish kabi asosiy yo‘nalishlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun investitsion faollik xalqaro kapitalni jalb qilish, yangi texnologiyalarni import qilish va xalqaro bozorga integratsiyalashish vositasi sifatida muhim strategik vazifa bo‘lib qolmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.