Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 41–44-betlar

DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARI SAMARALI IJROSINI TAMINLASH YOʻLLARI

Abduraimova, Fazilat

DOI: 10.5281/zenodo.15378475 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Davlat byudjeti har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydigan asosiy moliyaviy hujjat hisoblanadi. Undagi daromadlarning asosiy qismini soliqlar tashkil qiladi. Soliqli daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi esa davlatning ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va umumiy fiskal barqarorlikni saqlab qolishdagi imkoniyatlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023-yil yakuni bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, davlat byudjetining 80% dan ortig‘i soliqli tushumlar hisobidan shakllangan. Shu bois, ushbu daromadlar ijrosining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni tahlil qilish va yechimlar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.