Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 48–51-betlar
XORIJIY KREDIT LINIYALARINI JALB QILISH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI
Qurbonova, Mashhura
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i07-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi globallashuv va ochiq iqtisodiyot sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish iqtisodiy o‘sishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylanmoqda. Bunday kreditlar, asosan, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va donor mamlakatlar tomonidan uzoq muddatli, past foizli yoki imtiyozli shartlarda taqdim etiladi. Bu kreditlar investitsion loyihalarni moliyalashtirish, infratuzilma sohalarini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda sezilarli siljishlar kuzatilib, xorijiy moliyalashtirish hisobidan turli tarmoqlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.