Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 62–64-betlar
TIJORAT BANKLARIDA SOLIQ TO‘LOVLARI BO‘YICHA MAJBURIYATLAR HISOBI VA HISOBOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Kabulov, Pulatjon
DOI: 10.70413/zdaf-v04-i07-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy islohotlarning keng ko‘lamda amalga oshirilishi bank-moliya tizimi oldiga yangi talab va vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, tijorat banklari faoliyatida soliq majburiyatlarini aniq va shaffof yuritish, hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq tarzda olib borish va o‘z vaqtida hisobotlar topshirish bugungi kunda moliyaviy intizom va tartibning muhim ko‘rsatkichlaridan biriga aylangan. Banklar yuridik shaxs sifatida davlat oldida bir nechta turdagi soliqlar bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Ushbu soliqlar bo‘yicha hisob yuritish, to‘lovlarni aniqlash, hisobotlarni tayyorlash va davlat organlariga taqdim etish murakkab tizimni tashkil etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.