Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 7-son (2025) · 125–127-betlar
ISLOM BANKLARI TOMONIDAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Masharibov, Xayrulla
DOI: 10.5281/zenodo.15429639 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Islom moliyaviy tizimi bugungi kunda global moliya sektorida barqaror va adolatli alternativ sifatida tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Islom banklari, o‘z faoliyatini shariat tamoyillari asosida olib borib, foizli moliyaviy operatsiyalarni rad etadi va real iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi islomiy moliyaviy xizmatlar bozori hajmi 4,5 trillion AQSh dollaridan oshdi va so‘nggi o‘n yilda har yili o‘rtacha 10% o‘sish sur’atini ko‘rsatmoqda. Islom banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular moliyalashtirish jarayonida real aktivlarga asoslanadi, foyda va zararlarni adolatli taqsimlaydi, spekulyativ faoliyatlardan chetlashadi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.