Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 52–55-betlar

O‘ZBEKISTON DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Ahmedova, Shoxista

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i08-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimining asosiy elementlaridan biri sifatida davlat pensiya taʼminoti tizimi aholi farovonligini taʼminlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ushbu tizimning asosiy vazifasi fuqarolarning mehnat faoliyati yakunlanganidan keyin ham ularning ijtimoiy himoyalanganligini kafolatlashdan iborat bo‘lib, bu har qanday demokratik jamiyat uchun muhim yo‘nalish sanaladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda pensiya tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, tizimda haligacha moliyaviy barqarorlik, adolatli taqsimot, jamg‘arma faoliyati, norasmiy bandlikni qamrab olish kabi masalalarda muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish mamlakatda pensiya tizimini takomillashtirish zaruratini yanada keskinlashtirmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.