Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 70–72-betlar

KORXONALARDA ICHKI MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Umarov, Marufjon

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i08-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada korxonalar faoliyatida ichki moliyaviy nazorat tizimini modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Xususan, ERP tizimlari, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi ilg‘or raqamli yechimlarning ichki moliyaviy nazorat jarayonlariga ta’siri tahlil qilinadi. Amaliy misollar orqali O‘zbekiston korxonalarida bu texnologiyalarning joriy etilishi, ularning samaradorlikka ta’siri va mavjud muammolar yoritiladi. Muallif raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma, kadrlar salohiyati va xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratadi.

ichki moliyaviy nazorat, raqamli texnologiyalar, ERP tizimlari, sun’iy intellekt, blokcheyn, moliyaviy shaffoflik, audit jarayonlari, korxona boshqaruvi, axborot tizimlari, moliyaviy xavfsizlik, raqamli transformatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.