Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 8-son (2025) · 114–116-betlar
INSON KAPITALINI BOSHQARISHDA KORPORATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT
Tilavova, Zarina
DOI: 10.5281/zenodo.15602288 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi globallashuv sharoitida inson resurslarining roli korxona va tashkilotlar rivojlanishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lib borayotganligi, mehnat bozorida professional kadrlarning ayrim sohalarda yetishmayotganligi, inson kapitalining yetarli darajada malaka talablariga javob bera olmasligi hamda kompaniya rivojlanishi uchun o‘z xissasini yetarli darajada qo‘shishda bilim va tajribaning kamligi kabi masalalar dolzarb bo’lib bormoqda. Shulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ish faoliyatida ishchi kuchi mehnat unumdorligini oshirish masalasi yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni kamaytirishda sezilarli ta‘sir qilishi mumkin. Mehnat unumdorligi deb, ma‘lum bir vaqt ichida inson kapitali tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday turdagi mahsulot (yoki xizmat) miqdorini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichga aytiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.