Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 4-jild 9-son (2025) · 73–77-betlar

VIRTUAL LABORATORIYALAR ORQALI BIOLOGIK TAJRIBALARNI O‘RGATISH: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR

Nuriddinova, Nozima

DOI: 10.70413/zdaf-v04-i09-p1-020 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezisda biologik tajribalarni o‘rgatishda virtual laboratoriyalarning qo‘llanilishi, ularning imkoniyatlari va cheklovlari tahlil qilinadi. Virtual laboratoriyalar o‘quvchilarga xavfsiz, iqtisodiy va qulay sharoitda amaliy tajribalarni o‘rganish imkonini beradi hamda murakkab biologik jarayonlarni vizual tarzda anglashga yordam beradi. Biroq, texnik cheklovlar, sensor tajriba yetishmasligi va raqamli infratuzilmaga bog‘liqlik kabi muammolar ularning to‘liq samarali qo‘llanilishiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Tezisda virtual laboratoriyalarning an’anaviy o‘qitish usullarini samarali to‘ldirishi va biologiya ta’limining sifatini oshirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.

virtual laboratoriya, biologiya ta’limi, raqamli ta’lim vositalari, biologik tajribalar, interaktiv ta’lim, imkoniyatlar, cheklovlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.