Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 107–110-betlar

DAROMADGA ASOSLANGAN SOLIQ IMTIYOZLARIDAN XARAJATLARGA YO‘NALTIRILGAN SOLIQ RAG‘BATLANTIRISH TIZIMIGA O‘TISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ashirkulov, Sardor

DOI: 10.5281/zenodo.19972796 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida davlatning fiskal siyosati iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, investitsion muhitni yaxshilash hamda byudjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur. Shu nuqtai nazardan, soliq imtiyozlari tizimi davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishning muhim instrumentlaridan biri hisoblanadi. An’anaviy yondashuvda soliq imtiyozlari asosan daromadga asoslangan shaklda qo‘llanilgan bo‘lib, bunda korxonalar foydasiga nisbatan soliq yukining kamaytirilishi asosiy vosita sifatida namoyon bo‘lgan. Biroq global iqtisodiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermaydi va ko‘plab hollarda fiskal yo‘qotishlarga olib keladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.