Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 114–116-betlar

KORPORATIV BOSHQARUV MODELLARI VA ULARNING KOMPANIYA MOLIYAVIY SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: SHO‘RTAN GAZ KIMYO MAJMUASI MISOLIDA TAHLIL

Xurramova, Nigina

DOI: 10.5281/zenodo.19973062 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korporativ boshqaruv tizimi kompaniyalar faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllanib, ularning moliyaviy samaradorligi, barqaror rivojlanishi va investitsion jozibadorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biriga aylandi. Ayniqsa, globalizatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi davrda kompaniyalar o‘rtasidagi raqobatning keskinlashuvi, kapital bozorlarining integratsiyalashuvi va investorlar talablarining ortib borishi korporativ boshqaruv tizimlarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, korporativ boshqaruv modellari va ularning moliyaviy samaradorlikka ta’sirini o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.