Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 8-son (2026) · 123–125-betlar

IQTISODIYOTNI MONETAR BARQARORLASHTIRISHDA TIJORAT BANKLARINING O‘RNI: YEVROPA MAMLAKATLARI TAJRIBASI ASOSIDA TAHLILIY YONDASHUV

Orifjonov, Muzaffarbek

DOI: 10.5281/zenodo.19973253 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, global moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy shoklarning kuchayishi sharoitida monetar siyosatning roli yanada ortib bormoqda. Inflyatsiyani nazorat qilish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlashda tijorat banklari muhim institutsional bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘ladi. Ular markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan pul-kredit siyosatini real iqtisodiyotga uzatuvchi asosiy vositachi hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.