Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 4–6-betlar

MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT SIYOSATINING MILLIY IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Xabibullayev, Jamshid

DOI: 10.5281/zenodo.20019369 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash har bir davlat uchun ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Global iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, moliyaviy bozorlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda tashqi iqtisodiy xatarlarning ortib borishi sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashda markaziy bankning pul-kredit siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasi, pul massasi, foiz stavkalari, kreditlash hajmi va valyuta kursi kabi asosiy ko‘rsatkichlar tartibga solinadi va bu orqali iqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.