Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 23–26-betlar
TO’LQIN TARQALISH MASALALARINI MODELLASHTIRISH
Ochilov, Elbek
DOI: 10.5281/zenodo.20033339 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda fazoda og‘irlik funksiyalariga ega bo‘lgan nochiziqli reaksiya–diffuziya tenglamasi asosida qurilgan biologik populyatsiya modeli batafsil o‘rganiladi. Asosiy e’tibor travelling wave (to‘lqin ko‘rinishidagi yechimlar) mavjudligi, ularni oddiy differensial tenglamalarga keltirish, fazaviy tekislik orqali tahlil qilish hamda sonli modellashtirishga qaratilgan. Og‘irlik funksiyalari muhitning notekisligini ifodalaydi va natijada klassik Fisher tipidagi tenglamalardan farqli ravishda murakkab dinamik xatti-harakatlar yuzaga keladi. Ishda to‘lqin frontining shakllanishi, barqarorligi va tarqalish tezligi matematik jihatdan asoslab beriladi.
reaksiya–diffuziya tenglamasi, travelling wave, og‘irlik funksiyasi, fazaviy tekislik, nochiziqli diffuziya, biologik model, sonli yechim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.