Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 9-son (2026) · 30–32-betlar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING XORIJ MEHMONXONALARI TAJRIBASIDA QO’LLANILISHI

Bozorova, Gulasal, Amriddinova, Rayhona

DOI: 10.5281/zenodo.20033440 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada xorijiy mehmonxona xo‘jaligida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Unda onlayn bron qilish tizimlari, sun’iy intellekt, chatbotlar, aqlli mehmonxona konsepsiyasi, IoT texnologiyalari, raqamli to‘lov tizimlari hamda big data va analitika vositalarining mehmonxona faoliyatidagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, raqamli marketing vositalari yordamida mijozlarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada xorijiy tajriba asosida mehmonxona biznesida raqamlashtirish jarayonining afzalliklari, xususan, xizmatlar tezkorligi, qulayligi va individuallashuvi tahlil etilgan. Shu bilan birga, ushbu tajribalarni O‘zbekiston mehmonxona sohasida qo‘llash imkoniyatlari haqida xulosalar berilgan.

onlayn bron qilish tizimlari, sun’iy intellekt, aqlli mehmonxona, chatbot, raqamli texnologiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.