Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 40–42-betlar

MILLIY MADANIY MEROS VA TURIZM INTEGRATSIYASI: OʻZBEKISTON TAJRIBASIDA

Kenjayeva, Binafsha, Nazarov, Nazar

DOI: 10.5281/zenodo.20092824 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda milliy madaniy meros va turizm o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning integratsiyasi Oʻzbekiston tajribasi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining turizm rivojlanishidagi o‘rni, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, tarixiy shaharlar, me’moriy yodgorliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning turistik mahsulot sifatida shakllanish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tezisda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy markazlarning turizm salohiyati alohida tahlil qilinib, ularning xalqaro turizm bozoridagi o‘rni baholanadi. Shu bilan birga, madaniy merosni saqlash va undan samarali foydalanish masalalari, davlat siyosati va innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi.

Milliy madaniy meros, turizm integratsiyasi, madaniy turizm, nomoddiy meros, tarixiy obidalar, turistik salohiyat, barqaror turizm, Oʻzbekiston, Samarqand, Buxoro, Xiva.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.