Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 105–107-betlar
NANOZARRACHALAR ASOSIDA MODIFIKATSIYALANGAN ELEKTROD YORDAMIDA IBUFEN D TARKIBIDAGI IBUPROFENNI ELEKTROKIMYOVIY ANIQLASH
Khasanova, Nilufar, Ro’ziboyev, Husniddin
DOI: 10.5281/zenodo.20226532 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada rayhon (Ocimum basilicum) ekstrakti yordamida yashil sintez usulida Cu/Ag nanozarrachalar olinishi hamda ular asosida modifikatsiyalangan shishali uglerod elektrod (Cu/Ag/GCE) ishlab chiqilishi bayon qilindi. Tayyorlangan sensor yordamida Ibufen D suspenziyasi tarkibidagi ibuprofen moddasini differensial impuls voltammetriya (DPV) usulida aniqlash imkoniyati o‘rganildi. Olingan natijalar Cu/Ag/GCE elektrodi yuqori sezgirlik, selektivlik va barqarorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Optimal muhit sifatida pH 6.8 bo‘lgan fosfatli bufer eritma tanlandi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan metodika farmatsevtik preparatlar va biologik namunalarni tezkor tahlil qilish uchun istiqbolli ekanligi aniqlandi.
ibuprofen, Cu/Ag nanozarrachalar, elektrokimyoviy sensor, DPV, CV, yashil sintez, rayhon ekstrakti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.