Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 112–115-betlar
YETTI YOSH YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI
Egamberdiyev, Farxod, Erkinova, Robiya
DOI: 10.5281/zenodo.20271347 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada 7 yosh inqirozi davrining psixologik mohiyati, uning kelib chiqish sabablari va asosiy alomatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi 6–7 yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan psixologik o‘zgarishlarni aniqlash va ularning rivojlanish jarayoniga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, tahlil va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, 7 yosh inqirozi bolaning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘quv faoliyatiga o‘tishi hamda mustaqillikka intilishining kuchayishi bilan bog‘liq. Ushbu davrda bolalarda emotsional beqarorlik, o‘zini kattalardek tutishga intilish, qarshilik ko‘rsatish kabi holatlar kuzatiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, undagi xulosalar ota-onalar va pedagoglarga bolalar bilan samarali ishlashda metodik yordam beradi.
7 yosh inqirozi, psixologik rivojlanish, rivojlanish inqirozi, emotsional beqarorlik, mustaqillikka intilish, ijtimoiy moslashuv, bola xulq-atvori, o‘quv faoliyatiga o‘tish
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.