Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 5-jild 10-son (2026) · 141–143-betlar

INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ SHEVALARIDA TAQVIMIY ETNOGRAFIZMLARINING AREALI

Ibragimova, Shaxnoza

DOI: 10.5281/zenodo.20320645 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek xalq shevalarida uchraydigan taqvimiy etnografizmlarning lingvistik hamda areal xususiyatlari tahlil qilinadi. Taqvimiy etnografizmlar xalqning fasllar, oylar, marosimlar, dehqonchilik ishlari va diniy bayramlar bilan bog‘liq tasavvurlarini ifodalovchi birliklar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida ingliz xalq shevalaridagi “Harvest Home”, “May Day”, “Lammas”, “Yuletide” kabi birliklar hamda o‘zbek xalq shevalaridagi “Navro‘z”, “Chilla”, “Qovun sayli”, “Mehrjon” kabi etnografizmlar qiyosiy tahlil qilindi. Ularning hududiy tarqalishi, semantik xususiyatlari va etnomadaniy funksiyasi ilmiy manbalar asosida yoritildi. Tadqiqot natijalari xalq shevalarida saqlanib qolgan taqvimiy birliklarning milliy tafakkur va madaniy xotirani aks ettirishini ko‘rsatadi.

taqvimiy etnografizm, xalq shevasi, areal lingvistika, etnolingvistika, ingliz shevalari, o‘zbek shevalari, marosim leksikasi, xalq taqvimi, lingvomadaniyat, dialektologiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.